Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

📍 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-maydagi 312-son qarori *"Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"*gi qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Yaqubov To‘lqin Sa’dullayevich hamda Kengash kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan Taraqqiyot mahallasi yoshlar yetakchisi Sayilxanov Furqatbek Atabayevichning 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan faoliyati o‘rganildi.
📊 O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi:
📌 Mahallada 3 706 nafar aholi, shundan 1 744 nafar yoshlar, 954 nafari 14–30 yoshdagi fuqarolar, 471 nafari xotin-qizlar ekani qayd etildi.
📋 "Yoshlar balansi" shakllantirilib, 497 nafar yosh xatlovdan o‘tkazildi. Yoshlarning bandligi, ta’limi, salomatligi, ijtimoiy va oilaviy holati hamda qiziqishlari o‘rganildi.
💼 Bandlik yo‘nalishida og‘ir toifadagi 11 nafar ishsiz yoshning barchasi doimiy ish bilan ta’minlandi.
🎓 Bitiruvchilar bandligini ta’minlash doirasida:
🔹 14 nafar maktab bitiruvchisi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi;
🔹 professional va oliy ta’lim bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
🤝 Probatsiya ro‘yxatidagi 1 nafar yosh bilan manzilli ishlash tashkil etilgan.
🌍 Mahalladagi 48 nafar migrant yosh bilan muntazam onlayn muloqotlar yo‘lga qo‘yilib, ularning muammo va takliflari o‘rganib borilmoqda.
🏆 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida 1 196 nafar yosh turli tanlov va loyihalarga jalb etilib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ta’minlangan.
💡 Mega loyihalar doirasida:
📚 "Mutolaa" loyihasida – 345 nafar yosh;
🌐 "Ibrat Academy" platformasida – 152 nafar yosh;
🤖 "Ustoz AI" loyihasida – 189 nafar yosh;
♟ "UzChess" platformasida – 307 nafar yosh;
👩‍🎓 "Qizlar akademiyasi"da – 29 nafar xotin-qiz faol ishtirok etmoqda.
👨‍👩‍👧 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari ijrosi yuzasidan xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan 6 nafar o‘quvchi bilan individual ishlash dasturi ishlab chiqilib, ularning barchasi to‘garaklarga jalb etilgan.
📝 O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar bandligini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat dasturlari ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan yoshlar masalalari doimiy deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 3