Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Shayxontohur tumanida jamoat transporti infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi

#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

🚌 Shayxontohur tumanida jamoat transporti infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov tomonidan Shayxontohur tumanida mahalla faollari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan o‘tkazilgan o‘rganishda aholi uchun qulay va xavfsiz jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🔺 O'rganish davomida 43-sonli avtobus yo‘nalishining yakuniy bekatini qurish masalasi ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, yangi yakuniy bekatning barpo etilishi yo‘lovchilarga yanada qulay sharoit yaratish, avtobuslar harakatini samarali tashkil etish hamda transport xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.

🚌 Shuningdek, Ko‘kcha Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida harakatlanuvchi 27-sonli avtobus yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta yangi bekat qurilishi ishlari yuzasidan ham muhokamalar o‘tkazildi. Mazkur tashabbus aholi uchun jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bekatlarga yetib borish qulayligini oshirish hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgani ta’kidlandi.

📝 O‘rganish davomida jamoat transporti bilan bog‘liq takliflar va mavjud ehtiyojlar atroflicha tahlil qilinib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga sifatli va qulay transport xizmatlarini yaratish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar ijrosini deputatlik nazoratida olib borish ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3