Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Bozordagi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman Markaziy dehqon bozoridagi “Elga xizmat” rastalarida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, mahsulotlar narxining barqarorligi hamda bozordagi mavjud zaxiralar holatini o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida aholi kundalik iste’mol qiladigan un va un mahsulotlari, non, go‘sht, parranda go‘shti, tuxum, sut va sut mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, shakar, guruch, kartoshka, piyoz, sabzi, karam hamda boshqa sabzavot va meva mahsulotlarining amaldagi narxlari tahlil qilindi. Shuningdek, mazkur mahsulotlarning bozordagi zaxirasi, savdo rastalaridagi mavjudligi, sifati, saqlash sharoitlari hamda xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Monitoring davomida bozor ma’muriyati, tadbirkorlar va sotuvchilar bilan muloqot qilinib, aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan muntazam ta’minlash, mahsulotlar tanqisligiga yo‘l qo‘ymaslik, sun’iy narx oshirilishi holatlarining oldini olish hamda savdo qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3