35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
"Deputat daftari" – muammolarni tizimli hal etishning muhim vositasi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a’zosi Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan "Deputat daftari" muntazam yuritilmoqda.
Deputat o‘z saylov okrugi hududidagi ko‘chalarga birma-bir kirib, mavjud muammolarni joyida o‘rganmoqda hamda ularni "Deputat daftari"ga batafsil qayd etib bormoqda. Xususan, ichki yo‘llar, ko‘cha yoritgichlari, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar, infratuzilma va fuqarolarni qiynayotgan boshqa masalalar alohida ro‘yxatga olinmoqda.
"Deputat daftari" hududdagi muammolarni tizimli ravishda jamlash, ularning ustuvorligini belgilash va bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha samarali nazoratni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda. Mazkur daftar deputat faoliyatida mavjud muammolarni tahlil qilish, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalarni qo‘yish hamda ularning ijrosini izchil nazorat qilishda muhim amaliy vosita hisoblanadi.
Shu tariqa, "Deputat daftari" saylov okrugi hududidagi dolzarb masalalarni bir tizimga solish, ularning yechimini jadallashtirish va deputatlik nazoratining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2