35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
“Nurli kelajak” mahalasida ochiq muloqot: deputat T.Berdiyev II chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi

Uchrashuvda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash deputatlari X.Xolmuminov hamda I.Tangirov, Termiz shahar hokimi o‘rinbosari K.Ashurov, O‘zXDP Termiz shahar Kengashi raisi Z.Doniyorova, O‘zbekiston mahallari uyushmasi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i F.Abdumannotov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov, mahalla faollari hamda saylovchilar ishtirok etdi.

Ushbu tadbir shunchaki uchrashuv emas, balki qonun ustuvorligining amaldagi ifodasidir. Muloqot O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasi asosida tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi tomonidan deputat T.Berdiyevning o‘tgan chorakdagi hisoboti o‘qib eshittirildi.

Xususan, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadidada tegishli vakolatli idoralarga yuborilgan so‘rovlar tahlili, shahar Kengashi sessiyalarida ko‘rib chiqilgan masalalar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijro holati, hududda obodonlashtirish ishlari va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni tizimlashtirish, bolalar maydonchalarini zamonaviylashtirish va kommunal infratuzilmani yaxshilash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Termiz shahar hokimining o‘rinbosari K.Ashurov ham so‘zga chiqib, shaharda joriy yil davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

"Deputat saylovchilari oldida har bir qilgan ishi uchun hisobdor bo'lishi shart. Bugun saylovchilarimiz o‘z deputatining II chorakdagi ishlarini eshitdilar, o‘zlarini qiynayotgan muammolarni o‘rtaga tashladilar. Bunday ochiq muloqotlar aholining haqiqiy muammolariga yechim topish va davlat idoralari faoliyatini to‘g‘ri baholash imkonini beradi"- dedi Kengash raisi D.Normuradova.

Slide 1 of 6