35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-sessiyasi davom etmoqda

Doimiy komissiya tomonidan qayd etilganidek, Prezidentning PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Termiz shahrida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi bilan manzilli ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
Xulosada 2026-yilning birinchi yarim yilligida shaharda jinoyatchilik darajasi sezilarli kamaygani, axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlar qisqargani, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar, xotin-qizlar, muqaddam sudlangan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlar olib borilgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralari, "tashvish tugmalari" va domofon tizimlarini o‘rnatish, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini kengaytirish hamda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholandi.
Ayni paytda doimiy komissiya tomonidan "sariq" va "qizil" toifadagi mahallalarda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, huquqbuzarliklarning sabab va omillarini chuqur tahlil qilish, yoshlar, xotin-qizlar, migratsiyadan qaytgan fuqarolar hamda muqaddam sudlangan shaxslar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoatchilik nazoratidan keng foydalanish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
Muhokamalar yakunida doimiy komissiya shahar prokurori R.Ibragimovning axborotini ma’qullash hamda mazkur qaror loyihasini Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etdi.

Slide 1 of 1