35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-sessiyasida Termiz shahar Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i Sardor Jumayev tomonidan Prezidentimizning PQ–190-son va PQ–316-son qarorlari ijrosi, shuningdek, 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha shaharda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot eshitilmoqda.

✅ 2026-yilning 6 oyi davomida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni 189 tadan 120 taga kamayib, 36,5 foizga qisqargani ta'kidlanmoqda.
✅ Termiz shahri hududida yo‘l-transport hodisalari soni 14 tadan 7 taga, ya'ni 50 foizga kamaygani qayd etilmoqda.
✅ Bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari soni ham 5 tadan 2 taga kamaygani ma'lum qilinmoqda.
🚧 Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ham ma'lumot berilmoqda:
🔹 109 dona eski yo‘l belgisi yangisiga almashtirilgani;
🔹 94 dona yangi yo‘l belgisi o‘rnatilgani;
🔹 57 ming kvadrat metrdan ortiq yo‘l chiziqlari chizilgani;
🔹 Ibn Sino va Amir Temur ko‘chalariga 2 ta zamonaviy svetofor o‘rnatilgani;
🔹 268 ta piyodalar o‘tish joyining yo‘l chiziqlari yangilangani;
🔹 "Tinchlik", "Shodlik", "Jomiy", "Jo‘yjangal" va "Temiryo‘lchi" mahallalarida 4 kilometr piyodalar yo‘laklari barpo etilgani;
🔹 Serqatnov ko‘chalarga 4 ta tezlikni nazorat qiluvchi radar o‘rnatilgani qayd etilmoqda.
🚔 Hisobotda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta'minlash, transport vositalarining texnik nazorati, profilaktik tadbirlar hamda ma'muriy amaliyot natijalari yuzasidan ham batafsil axborot berilmoqda.
📌 Sessiya davomida deputatlar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini yanada kuchaytirish, avariya o‘choqlarini bartaraf etish va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash yuzasidan savol va takliflar bildirilmoqda.