35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Kengash_faoliyati

Bandixonda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasidagi ustuvor vazifalar belgilandi

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan, mahallalarda mutlaqo yangi muhit yaratish hamda "mahalla yettiligi" faoliyatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida yurtimiz bo‘ylab "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi"ni o‘tkazish vazifasi belgilangan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov rahbarligida oylik doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Abduraim Choriyev, hamda Viloyat Kengash kotibiyati mudiri Sherpo'lat Boyqulov hamda tuman Kengashi raisi E.Jurayev, tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Pardayev, tuman Kengashi deputatlar, tuman hokimi o'rinbosarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, irrigatsiya tarmoqlari hamda boshqa muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni chiqindilardan tozalash, sanitariya holatini mustahkamlash va aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 5