35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati J.Uzaqov Dilorom mahallasida hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishib, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Ma’lum qilinishicha, Dilorom mahallasida 955 ta xonadon, 1 016 ta oila, 4 067 nafar aholi istiqomat qiladi hamda 48 ta xizmat ko‘rsatish obyekti faoliyat yuritadi.

Yil boshida aniqlangan 65 nafar ishsiz fuqarodan 58 nafari ish bilan ta’minlangan, qolgan 7 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash ishlari nazoratga olingan. Shuningdek, 61 ta oila "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘rganish yakunida deputat mavjud ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 1