35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna tomonidan 8-Lutfiy saylov okrugi hududidagi "1-Qatortol" mahallasida saylovchilar murojaatlari hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish ishlari davomida aniqlangan sanitariya masalalari yuzasidan tuman “Maxsustrans” bo‘limi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.

Hududni o‘rganish jarayonida Qatortol 2-tor ko‘chasi 1A va 12-uylar atrofida maishiy chiqindilar to‘planib qolgani, mavjud chiqindi konteynerlari sonining yetarli emasligi sababli chiqindilar belgilanmagan joylarda yig‘ilayotgani aniqlandi. Mazkur holat sanitariya-gigiyena hamda ekologik talablarga zid bo‘lib, noxush hidlarning tarqalishi, hasharotlar ko‘payishi va antisanitariya holatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi, shuningdek, fuqarolar salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan deputat so‘rovida mas'ul tashkilotdan:

- mazkur hududni zudlik bilan o‘rganish;
- Qatortol 2-tor ko‘chasi 1A va 12-uylar yaqinida to‘planib qolgan maishiy chiqindilarni tezkor ravishda bartaraf etish;
- aholi ehtiyojidan kelib chiqib qo‘shimcha maishiy chiqindi konteynerlarini o‘rnatish masalasini hal etish;
- kelgusida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida va muntazam olib chiqish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan zarur amaliy choralarni ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, deputat so‘rovida amalga oshirilgan ishlar hamda ko‘rilgan choralar natijalari haqida amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ravishda axborot taqdim etish talab etilgan. Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, murojaatda ko‘rsatilgan muammolarning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli ishlar monitoring qilib boriladi.

Slide 1 of 5