35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#162_qonun
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#murojaat_daftari
#24_ustuvor_yoʻnalish
#mahalla_yettiligi

Deputatlik nazorati amalda: "Quduqsoy" mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati chuqur tahlil qilindi

Mahallalarda aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar farovonligini oshirish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlarning har bir xonadonga yetib borishini ta’minlash bugungi kunda mahalliy Kengash deputatlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.

Ana shu maqsadda Xalq deputatlari Kengashining 19-"Quduqsoy" saylov okrugidan saylangan deputati G. Xolmatova hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan "Quduqsoy" mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati doirasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar batafsil o‘rganildi. Xususan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada "mahalla yettiligi" hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash holati, xonadonbay o‘rganish natijalari, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" hamda boshqa ijtimoiy dasturlar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi. Mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish va mahallada olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3