35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev ham faol ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashdi.

📝 Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida tumanda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil birinchi yarim yillik hisoboti tinglandi. Muhokamalar davomida mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, profilaktika ishlarini kuchaytirish, yoshlar bilan manzilli ishlash hamda videokuzatuv tizimlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌳 Shuningdek, kun tartibida “Qorasuv” MFY hududida “Yashil bog‘” barpo etish, ko‘chatlarni parvarishlash va sug‘orish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Mirobod tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini hududdagi ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 Sessiya davomida deputatlar tomonidan kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev ham muhokamalarda faol ishtirok etib, tumanda xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlash, ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

✅ Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10