Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQARONING UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI

💳Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Imamov Sanjarali Tulkinovich saylov okrugi 16-Beshqo‘rg‘on hududida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro Jo‘raboyeva Shoxida Satarovnaning uy-joyini ta’mirlash xarajatlarini moliyalashtirish masalasi ijobiy hal etildi.

Fuqaro Beshqo‘rg‘on MFY, Chorbog‘ 3-tor, 43-uy manzilida joylashgan yakka tartibdagi uyda istiqomat qiladi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-60-14-204-K/26-son qarori hamda mazkur qarorning 1-ilovasida tasdiqlangan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi himoyaga muhtoj fuqaroning uy-joylarini ta’mirlash xarajatlari jadvaliga muvofiq, Jo‘raboyeva Shoxida Satarovnaning uy-joyini ta’mirlash ishlari uchun 61 800 000 (oltmish bir million sakkiz yuz ming) so‘m mablag‘ ajratildi.

Mazkur mablag‘ fuqaroning yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joyini ta’mirlash hamda munosib turmush sharoitini yaratishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3