Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Kotib

Xalq depututlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Yuldasheva Muyassar Tairovna tomonidan hududdagi
5-sonli oilaviy poliklinikasida o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi. Unda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami hamda kunduzgi statsionarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Oilaviy poliklinika bosh shifokori oilaviy poliklinika faoliyati, mavjud asbob-anjom va jihozlar bilan ta’minlanganlik holati, shifokorlarning samarali faoliyatini yuritish hamda aholi uchun barcha sharoitlar yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, ijtimoiy sug‘urta asosidagi retsept bo‘yicha olinadigan dori-darmonlar uchun faqat bir dona dorixona biriktirilganligi va bu yetarli bo‘lmaganligi sababli qo‘shimcha dorixonalar biriktirish lozimligini ma’lum qildi.

Bo‘lib o‘tgan o‘rganishlar holati muhokama qilinib, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada yaxshilash va tibbiyot xodimlarining malakasini oshirib borish yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berilib, dorixona bo‘yicha belgilangan tartibda deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 4