Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
#qonun_19_1_modda #yoshlar_maslahat_guruhi #doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #tavsiyalar
#qonun_19_1_modda
#yoshlar_maslahat_guruhi
#doimiy_komissiya
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar


Raqamli tibbiyot tizimini samarali joriy etish jarayoni deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 694-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida DMED tizimi orqali “Imtiyozli yo‘llanma asosida shifoxonaga yotqizish” mavzusida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur amaliy mashg‘ulot o‘quv poliklinikasi IT operatorlari tomonidan olib borilib, unda oilaviy shifokorlar ishtirok etdi. Mashg‘ulot davomida DMED tizimida imtiyozli yo‘llanmalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, bemorlarni elektron tarzda shifoxonalarga yo‘naltirish tartibi hamda tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.

Raqamli texnologiyalarni tibbiyot tizimiga keng joriy etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, ochiqligi va tezkorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Amonov tomonidan nazoratga olinib, hududda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muvofiqlashtirib borilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 2