Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norqarayev tomonidan tumandagi 20-Ag‘ron saylov okrugida joylashgan 17-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

✏️O‘rganish davomida muassasada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash jarayonlari, oshxona hamda tibbiyot xonalarining holati, ichimlik suvi ta'minoti, hududning sanitariya tozaligi va obodonlashtirilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

✍️Shuningdek, o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi O‘RQ-393-son Qonuni talablari asosida amalga oshirildi. Qonun ijrosi doirasida muassasada sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, xodimlar va tarbiyalanuvchilar salomatligini muhofaza qilish, sanitariya qoidalari hamda gigiyena me'yorlariga rioya etilishi holati batafsil o‘rganildi.

➡️O‘rganish jarayonida mas'ul xodimlar bilan amaldagi qonunchilik talablariga qat'iy rioya etish, bolalar salomatligini ishonchli muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yanada yaxshilash hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

➡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida joylashgan ijtimoiy soha muassasalarida qonunlar ijrosini ta'minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3