Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Yoshlar kelajagi — barchamizning ustuvor vazifamiz

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi J.Bobojanov o‘zining saylov okrugi — Katqal’a mahallasida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida bitiruvchilarga bugungi mehnat bozori talablaridan kelib chiqib kasb tanlashning ahamiyati, oliy ta’lim bilan bir qatorda zamonaviy va daromadli kasb-hunarlarni egallashning afzalliklari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, turli sabablarga ko‘ra oliy ta’lim olish imkoniyati cheklangan yoshlar uchun kasb-hunar o‘rganish munosib kelajak sari muhim qadam ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekani qayd etildi. Bu masala nafaqat ta’lim tizimi, balki davlat organlari, mahalla va keng jamoatchilikning hamkorligini talab qiladi.
Yoshlarning kelajagiga befarq bo‘lmaslik, ularning bilim olishi, kasb egallashi va munosib ish o‘rniga ega bo‘lishi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday uchrashuvlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
Yoshlar kelajagiga e’tibor — yurt ravnaqiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3