Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Mahalla rivoji — deputat nazoratida: "Abdurahmon Jomiy" mahallasida infratuzilma o‘rganilib, bunyodkorlik ishlari tahlil qilindi!
Deputatlar va mutaxassislar hududda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari natijalari bilan yaqindan tanishish maqsadida ko‘chama-ko‘cha yurib, quyidagilarni o‘rgandilar:

💬Ta’mirlangan ichki yo‘llar, piyodalar yo‘lakchasi holati: Aholi uchun xavfsiz harakatlanishni ta’minlovchi piyodalar yo‘lakchalarining qurilishi sifati va mavjudligi tahlil qilindi.

💬Yangi o‘rnatilgan elektr ustunlari holati: Hududdagi aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan yangi elektr ustunlari, ularning texnik holati va mavjud talablarga javob berishi baholandi.

💬Rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan yashil bog‘ holati: Mahalla aholisi, ayniqsa yoshlar uchun dam olish maskani bo‘ladigan yashil bog‘ hududining bugungi holati o‘rganildi. Bog‘ni rekonstruksiya qilish bo‘yicha mavjud loyihalar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

💬"Bizning maqsadimiz — aholi uchun nafaqat ishonchli boshqaruv, balki qulay va obod muhitni yaratishdir. Qurilish ishlarining sifati va ijrosi doimiy nazoratimizda bo‘ladi," — deya ta'kidlashdi mas’ullar.

🫥Aniqlangan kamchiliklar va yashil bog‘ni rekonstruksiya qilish bo‘yicha takliflar umumlashtirilib, shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishlarida muhokama qilinishi belgilanib olindi.
Slide 1 of 5