Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Book cafe tashkil etish ishlari bilan tanishildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahar Axborot-kutubxona markazida tashkil etilayotgan Book cafe faoliyati va unda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida Book cafe uchun ajratilgan binoda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari, ichki va tashqi bezatish jarayonlari, kitobxonlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda zamonaviy kutubxona muhitini shakllantirishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, mazkur maskanda yoshlar va kitobxonlarning mazmunli dam olishi, mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, Book cafe faoliyatini zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yish hamda tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4