Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-"O‘rmonbog‘" saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan "O‘rmonbog‘" mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar davomida mahalla hokim yordamchisi Z.Rahimovning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb etish, oilaviy biznesni rivojlantirish, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, Furqat ko‘chasi 120-uyda yashovchi o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro R.Ahmedovga 10 million so‘m, Oq tulpor ko‘chasi 6/3-xonadonda yashovchi fuqaro M.Usmonova 10 million so‘m hamda Oq tulpor ko‘chasi 5-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Karimova 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratish yuzasidan tavsiyanomalar tegishli bank muassasalariga yuborilgani ma’lum qilindi.

Deputat N.Shomatov tomonidan mazkur tavsiyanomalar ijrosini jadallashtirish, fuqarolarga imtiyozli kredit mablag‘larini o‘z vaqtida ajratishni ta’minlash maqsadida tegishli bank muassasasiga deputatlik so‘rovi yuborish hamda masalani deputat nazoratiga olish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6