Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-"O‘rmonbog‘" saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan "O‘rmonbog‘" mahalla fuqarolar yig‘inida reja-grafik asosida navbatdagi fuqarolar qabuli hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Jumladan, fuqaro Qurbonova Karomatoy tomonidan mahalla hududidagi 57-sonli ko‘p qavatli uy yonida maishiy chiqindilarni yig‘ish maydonchasini tashkil etish zarurligi yuzasidan murojaat bildirildi. Shuningdek, Furqat ko‘chasi 120-uyda yashovchi fuqaro Ahmedov Rahmatjon o‘z tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qildi.

Deputat tomonidan har ikki murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, zarur choralarni ko‘rish hamda masalalarning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3