Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev deputatning saylov okrugi hududidagi "Mustaqillik" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda aholi muammolarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash hamda davlat dasturlari ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mahalla faollari bilan fikr almashilib, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3