Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputatlar tomonidan chiqindilarni boshqarish tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi №362-II sonli“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Z.Domilayev tomonidan Zuhro mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uy-joylarda chiqindilarni boshqarish tizimining amaldagi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlarining tashkil etilishi, chiqindi konteynerlarining mavjudligi va sanitariya holati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati tahlil qilindi.

Shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, hududlarning sanitariya-tozaligini saqlash va chiqindilarni boshqarish tizimi samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholiga qulay va uzluksiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 3