Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputat Abdujalil Xasanov "Ahil" MFY hududdagi aholi murojaatlari yuzasidan so‘rov yubordi
Deputat Abdujalil Xasanov "Ahil" MFY hududdagi aholi murojaatlari yuzasidan so‘rov yubordi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov Olmazor tumanidagi “Ahil” MFY mahalla fuqarolar yig‘inida “yettilik” a’zolari va ko‘cha boshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholining turmush sharoiti o‘rganilib, bir qator dolzarb masalalar aniqlangan.

📝 Shu munosabat bilan deputat Abdujalil Xasanov Olmazor tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish,
ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari
bo‘yicha o‘rinbosari - tuman obodonlashtirish
boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xamidullayevga deputatlik so‘rovi yubordi. So‘rovda quyidagi masalalar ko‘tarildi:

🔺Murojaatda “Ahil” MFY “Orif Xatamov” ko‘chasi hududida elektr energiyasi iste’moli keskin ortgani sababli mavjud transformatorning quvvati yetarli bo‘lmayotgani;

🔺 Natijada mazkur obyektning elektr ta’minotida uzilishlar hamda kuchlanishning pasayishi holatlari tez-tez kuzatilayotgani, ayniqsa yuqori yuklama vaqtlarida aholi elektr energiyasidan uzluksiz foydalanishida muammolar yuzaga kelayotgani;

🔺mazkur holatni mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganishni, mavjud transformatorning texnik holati va yuklama darajasiga baho berishilishini hamda zarurat mavjud bo‘lgan taqdirda mahalla hududiga qo‘shimcha transformator o‘rnatish.

📁 Deputat so‘rovining asosiy maqsadi — mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi xavfsizligi va qulayligini ta’minlash, bolalar va fuqarolar uchun yashash sharoitini yaxshilashdir. Shu bilan birga, hokimlikdan so‘rovga 10 kun ichida asoslantirilgan javob taqdim etilishi so‘ralgan.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 1