Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Bakiyev Abdumasad Qayumovich (2-Shodlik saylov okrugi) tomonidan hududdagi dolzarb muammolarni hal etish chorasi ko‘rilmoqda.

So‘nggi kunlarda “Bahoriston” mahallasi aholisi tomonidan suyultirilgan gaz ballonlarining o‘z vaqtida yetkazib berilmayotganligi yuzasidan deputat nomiga ko‘plab haqli e’tirozlar va murojaatlar kelib tushdi.

Aholi ehtiyojlarini hisobga olgan holda hamda muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida, deputat A.Q.Bakiyev tomonidan “Surxondaryo hududgaz ta’minoti” AJ Uzun tuman hududgaz ta’minoti filiali boshlig‘i X.Turdiyevga rasmiy DEPUTAT SO‘ROVI yuborildi.

Xalq vakili sifatida saylovchilarimizning har bir murojaati va e’tirozi e’tiborimiz markazida. Mazkur masalaning ijrosi deputat tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

Muammo yuzasidan mutasaddi tashkilotning javobi va amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.