Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonuni 19¹-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonuni 19¹-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumandagi "Oqostona" mahallasida “Ochiq budjet” axborot portali orqali g‘olib bo‘lgan loyihalarning bugungi holati, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va mablag‘larning o‘z vaqtida o‘zlashtirilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Aholi tomonidan ovoz berilib, g‘olib deb topilgan ichki yo‘llar, ichimlik suvi tarmoqlari, maktab va bog‘cha binolarini ta’mirlash ishlarining borishi;

Ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi;
Pudratchi tashkilotlar tomonidan ishlar hajmining o‘z vaqtida va sifatli bajarilayotgani.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, loyihalarni yakuniga yetkazishni tezlashtirish hamda jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar va soha rahbarlariga qat’iy topshiriq va tavsiyalar berildi.

“Ochiq budjet” loyihalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholining eng og‘riqli muammolarini hal etishga qaratilgani bois, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning borishi Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining doimiy va qat’iy nazoratida bo‘ladi.