Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
#munosabat

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Q.Safarov Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha ilgari surilgan taklifni yuksak ahamiyatga ega tashabbus sifatida baholadi.
✔️Deputatning ta’kidlashicha, mazkur raqamli platforma davlat boshqaruvini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aniq baholash hamda mavjud muammolarni tezkor aniqlab, ularni samarali hal etish imkoniyatini kengaytiradi. Ayniqsa, hudud iqtisodiyoti, investitsiya, ekologiya, jamoat xavfsizligi, aholini qiynayotgan dolzarb muammolar, mahallalarning farovonlik darajasi, fazoviy ma’lumotlar, obyektlar va xarita qatlamlarining yagona elektron tizimda jamlanishi boshqaruv jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini yanada oshiradi.
✔️Raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruviga keng joriy etish orqali qaror qabul qilishda aniq ma’lumotlarga tayanish, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, investitsiya loyihalarini samarali monitoring qilish hamda aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish imkoniyatlari yanada kengayadi.
✔️Shuningdek, mazkur platforma deputatlik faoliyati uchun ham muhim ahamiyat kasb etib, saylov okruglaridagi mavjud muammolarni tahlil qilish, ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish va ijro jarayonlari ustidan samarali parlament nazoratini amalga oshirishga xizmat qiladi.
✔️Deputat ta’kidlaganidek, mamlakatimizda raqamli davlat boshqaruvini rivojlantirishga qaratilgan bunday islohotlar aholiga yanada qulay va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish, hududlarni barqaror rivojlantirish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.