Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Aholi manfaati – barqaror narx-navo va mahsulotlar yetarliligini ta’minlashda muhim omil

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 14-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat N.Murodov tomonidan bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda mahsulotlar bilan ta’minlanganlik holati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🤩O‘rganishlar davomida un, guruch, o‘simlik yog‘i, shakar, go‘sht, tuxum, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa kundalik ehtiyojdagi mahsulotlarning narxlari hamda savdo rastalaridagi mavjudligi tahlil qilindi. Shuningdek, sotuvchilar bilan muloqot qilinib, mahsulotlar ta’minoti, talab va taklif mutanosibligi hamda narxlarga ta’sir etuvchi omillar muhokama etildi.
🤩Bu borada N.Murodov ta’kidlaganidek, aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash, sun’iy narx oshirish holatlarining oldini olish hamda ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois bozorlardagi vaziyatni muntazam o‘rganish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
🤩Deputat tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bozorlarda mahsulotlar yetarliligini ta’minlash, narx-navoni doimiy monitoring qilib borish hamda aholi uchun qulay va shaffof savdo muhitini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.