Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Boyterak” mahallasi raisi bilan hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

🔺Suhbat davomida mahalla hududida sanitariya va ozodalikni ta’minlash, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda aholi ishtirokida o‘tkazilayotgan hasharlarning samaradorligi muhokama qilindi. Shuningdek, ijtimoiy obyektlar va ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, hududning ko‘rkam qiyofasini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

🔺Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni barvaqt profilaktika qilish, notinch oilalar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham muhokama etildi.

Slide 1 of 1