Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
#Kotibiyat #24_ta_masala

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 15-Bog‘izog‘on saylov okrugi deputati B.Xamrayev tomonidan "Bog‘izog‘on" mahallasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xususan, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisining amaliy ko‘magi hamda davlatimiz tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga ishga tushirilgan yangi mikroloyiha faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
✍️Hududda yangidan tashkil etilgan o‘simliklar va hayvonlar himoyasi uchun veterinariya vositalari savdo do‘koni mahalla ahli, ayniqsa, dehqon va chorvadorlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Mazkur loyiha nafaqat hududdagi agrar va chorvachilik tarmoqlari rivojiga xizmat qilmoqda, balki eng muhimi — yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin hozirladi.
✍️Deputat B.Xamrayev tadbirkor bilan suhbatda mahallabay ishlash tizimi orqali bu kabi kichik biznes sub’yektlarini ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash va ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish Kengash deputatlarining doimiy e’tiborida ekanligini ta’kidladi.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 1