Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bilan tanishdi

Deputat ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bilan tanishdi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan “15-Izza” okrugi deputati Akbar Narziyev tomonidan Foziltepa mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘l infratuzilmasi loyihalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📁 O‘rganish xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Mazkur qarorga muvofiq, tumanda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

📊 Xususan, Foziltepa mahallasining Izza 8-tor ko‘chasida olib borilayotgan asfalt qoplamasini yotqizish ishlari ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha talablariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi.

↗️ Shuningdek, mahallaga ajratilgan 10 foizlik qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma loyihalari ham muhokama qilinib, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

📝 O‘rganish yakunida ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash, amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 7