Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashida tuman hokimining o‘rinbosari M.Ibodullayev hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi bosh mutaxassisi G.Maxammadiyeva ishtirokida fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

🔘Jumladan, Sharq Yulduzi mahallasida yashovchi fuqaro M.Ochilova tomonidan yer masalasi hamda noqonuniy qurilish holati yuzasidan yo‘llangan murojaat tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha o‘rganildi.

➡️O‘rganish jarayonida murojaatda keltirilgan holatlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi, mavjud hujjatlar tahlil qilinib, amaldagi qonunchilik talablari asosida masalaga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Xususan, fuqaro M.Ochilovaga noqonuniy qurilish holati bo‘yicha murojaatini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqish vakolati tegishli organlarga tegishli ekanligi tushuntirilib, ushbu masala yuzasidan Nurobod tumani prokuraturasiga murojaat qilishi tavsiya etildi.

➡️Shuningdek, yer masalasi bo‘yicha bildirilgan murojaat yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda qonunchilik asosida o‘rganish ishlari davom ettirilishi hamda fuqaroning murojaatiga belgilangan tartibda javob berilishi ma’lum qilindi.

➡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni amaldagi qonunchilik asosida hal etishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3