Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
#162-Qonun

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining doimiy komissiya raisi N.Akramova komissiya kotibi A.Usmonov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Rajabova 9-Katta Toyloq saylov okrugidagi "Vatanparvar" istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini ularning xavfsizligiga tahdid soluvchi omillardan muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonuni hamda aholi uchun xavfsiz sharoitlarni yaratishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida bog‘ hududida o‘rnatilgan attraksionlar va ko‘ngilochar uskunalarning texnik holati, ulardan xavfsiz foydalanish talablari, elektr ta’minoti tizimlari, himoya vositalari hamda tashrif buyuruvchilar, ayniqsa bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, foydalanilayotgan attraksionlarning texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi, ularga muntazam xizmat ko‘rsatish holati, elektr uskunalarining xavfsizligi va hududdagi obodonlashtirish ishlari yuzasidan mas’ul mutaxassislarga tegishli tavsiyalar berildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, attraksionlardan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish hamda fuqarolar uchun xavfsiz va qulay dam olish sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook