Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутат аҳоли мурожаатларини ўрганмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
Депутат ва сектор ҳамкорлиги аҳоли фаровонлигини яхшилашга хизмат қилмоқда
Deputat faoliyatidan

Yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda namunaviy taʼlim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha Shirin energetika kollejida to‘plangan tajribalarni o‘rganish maqsadida mazkur taʼlim maskanida amaliy seminar tashkil etildi.

Unda Sirdaryo hamda Jizzax viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari vakillari, Jizzax viloyatining kasbiy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ham Sirdaryo viloyati deputati B. Sobirov ishtirok etishdi.

Dastlab ishtirokchilarga kollejda yaratilgan sharoitlar, dual taʼlim tizimi asosida har tomonlama raqobatbardosh va yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotagan ishlar yuzasidan kollej direktori Alfarobi Xusanov hamda “ACWA power” kompaniyasi loyiha direktori Abdulmajid Azouz tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Aytish joizki, Shirin energetika kollejida “ACWA power” kompaniyasi buyurtmasiga binoan malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Bu yerda taʼlim jarayonlari eng so‘nggi ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etilib, matematika, fizika, kimyo, informatika va ingliz tili fanlari xalqaro dasturlar asosida chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Kompaniyaning 2,8 million dollarlik homiyligi bilan zamonaviy ustaxona, laboratoriya va yotoqxona barpo etilgan. Joriy o‘quv yilidan boshlab kollej Belorus Respublikasining Mogilyov davlat energetika kolleji bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, elektromontyor, elektrogazpayvandchi hamda avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv dasturlarini amalga oshirmoqda.

Seminar davomida kollej bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan Sirdaryo IES filiali va yangi ish boshlagan “ACWA power Sirdaryo” elektr stansiyasi faoliyati va bu yerda dual taʼlim tizimi asosida taʼlim olayotgan o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Yakunda Shirin energetika kollejining namunaviy taʼlim tajribasini Jizzax viloyatidagi kasbiy taʼlim tashkilotlarida qo‘llash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Slide 1 of 1