Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputatga yoʻllangan fuqarolar murojaati asosida Joybozor tranzit anhori chiqindilardan tozalandi

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova nomiga Ipak yoʻli mahalla fuqarolar yigʻini Tinchlik koʻchasi aholisi tomonidan Joybozor tranzit anhorini chiqindilardan tozalash masalasida murojaat kelib tushgan edi va murojaat Deputat koʻcha aylanish daftariga qayd etilib deputatlik nazorati tartibida oʻrganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar koʻrildi.

Xususan, Sirdaryo–Soʻx irrigatsiya tizimlari havzasi Fargʻona viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda Joʻyibozor tranzit anhorida tozalash ishlari tashkil etildi. Natijada anhor oʻzanida toʻplanib qolgan maishiy chiqindilar hamda suv oqimiga toʻsqinlik qilayotgan turli xil chiqindilar maxsus texnika va ishchi kuchi yordamida olib tashlandi.

Olib borilgan ishlar natijasida anhorning sanitariya-ekologik holati yaxshilanib, suvning erkin oqimini taʼminlash, atrof-muhit musaffoligini saqlash hamda hudud aholisi uchun qulay ekologik muhit yaratishga xizmat qiluvchi zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida hududni muntazam nazorat qilish, anhorni belgilangan reja asosida tozalab borish yuzasidan masʼul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish, mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4