Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Rasulova tomonidan o‘zi saylangan Charhini ko‘prigi saylov okrugi hududidagi "Charhini ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi J.Ismoilovning faoliyati, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, mahallada otaliqqa olingan 5 nafar yosh bilan olib borilgan individual ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Misr Arab Respublikasidan qaytarilgan B.Yunusovning qiziqish va salohiyatidan kelib chiqib, Qo‘qon universitetining AT markaziga biriktirilgani hamda uning bepul ta’lim olishi tashkil etilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan kam ta’minlangan fuqaro M.Murodovaning oliy ta’lim muassasasidagi kontrakt to‘lovini amalga oshirish bo‘yicha qilgan murojaati ijobiy hal etilib, unga amaliy yordam ko‘rsatilgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3