Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat faoliyati: aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 1-Oqoltin saylov okrugidan saylangan deputat Choriyeva Dilfuza tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Shoymardanov bilan hamkorlikda tumandagi «Muzrabot darvoza» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurdi hamda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazib, mavjud muammo va takliflarni o‘rgandi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24-ta tavsiya asosida amalga oshirildi. Suhbatlar davomida mahalla aholisini qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar hamda hamkorlik rejasi belgilab olindi.

O‘rganish yakunida deputat mahalla hududida ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qildi va ularning muammolarini joyida o‘rgandi. Aniqlangan masalalar deputatning ko‘chama-ko‘cha o‘rganish jurnaliga qayd etilib, har bir murojaat bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4