Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputatlik so‘rovi ijobiy natija berdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Kaxxarova tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan mas’ul tashkilot — Qo‘qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovida "Shaldiramoq" mahalla fuqarolar yig‘inining Baxmalbob ko‘chasida joylashgan eskirgan elektr uzatish simyog‘ochlarining texnik holati, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda elektr ta’minoti sifatini yaxshilash masalalari ko‘tarilgan edi.

Mas’ul tashkilot mutaxassislari tomonidan hududda joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilib, murojaatda qayd etilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topdi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, mavjud yog‘och tayanchlar eskirgani hamda ularni zamonaviy temir-beton tayanchlarga almashtirish zarurligi e’tirof etildi.

Taqdim etilgan rasmiy javobga ko‘ra, mazkur hududdagi elektr tarmoqlarini yangilash va eskirgan tayanchlarni almashtirish ishlari davlat dasturlari doirasidagi reja-grafikka kiritilgan bo‘lib, belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Deputat F.Kaxxarova tomonidan mazkur masala deputatlik nazoratida saqlanib, rejalashtirilgan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishi hamda saylovchilarga qo‘shimcha ma’lumotlar muntazam yetkazib borilishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi