Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputat tomonidan tibbiy xizmatlar sifati va dori vositalari ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova belgilangan ish rejasiga muvofiq Mashad mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida deputat navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar doirasida 3-oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, aholi uchun ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

Shuningdek, tibbiyot muassasasi mas’ullari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholini qiynayotgan masalalarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5