Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Qonun ijrosi amalda

 Qonun ijrosi amalda 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati A. Jumaniyozov
Qo‘shko‘pir tuman sport maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib,
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Yoshlarga
oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-son Qonuni mazmun-mohiyati
haqida batafsil tushuntirish berdi. Mazkur qonun yoshlarning huquq va
manfaatlarini himoya qilish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish,
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda davlat va jamiyat hayotidagi faolligini
oshirishga qaratilgan muhim huquqiy asos hisoblanadi. Uchrashuv davomida
deputat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati Yangi O‘zbekiston
taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini alohida ta’kidladi.
 

Tadbir yakunida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob
berilib, ularni Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat va yuksak fuqarolik
mas’uliyati ruhida kamol topishga chaqirildi. Ta’kidlanganidek, yoshlarning
bilimli, jismonan sog‘lom va siyosiy-ijtimoiy faol bo‘lib voyaga yetishi
mamlakatimizning kelgusi taraqqiyoti va farovonligining muhim omili
hisoblanadi.
  

Slide 1 of 1