Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Hujjatlardan amaliyotga: Mas'ullar hududga chiqib, aholi bilan muloqot qildilar!
Fuqarolar, yolg‘iz keksalar va ko‘makka muhtoj oilalar bilan o‘tgan samimiy suhbatlar davomida mahallada faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodim X.Begimovaning bugungi kundagi faoliyati, uning aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi.

💬 Suhbat davomida mahalla ahli ijtimoiy xodim X.Begimovaning o‘z ishiga o‘ta mas’uliyat bilan yondashishi, har bir murojaatga samimiy munosabatda bo‘lishi hamda ehtiyojmand oilalarga o‘z vaqtida amaliy ko‘mak berib kelayotganini ta’kidlab, uning faoliyatini ijobiy baholadilar.

💬 O‘rganish yakunida erishilgan ijobiy natijalarni saqlab qolgan holda, mahallada ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, shuningdek, mahalla yettiligi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🫥Xalqning rozi bo‘lishi — amalga oshirilayotgan islohotlarimizning eng oliy samarasidir!
Slide 1 of 3