Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Umirova Manzura Ro‘zimurot qizi ishtirokida o‘tkazilgan Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishildi.
🤝 Yarmarka davomida ish beruvchi korxonalar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari hamda ishga joylashtirish imkoniyatlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
🏭 Jumladan, “Maroqand Sifat Tekstil” MCHJ tomonidan korxonadagi mavjud ish o‘rinlari, ishlab chiqarish faoliyati va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
🔹 yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash;
🔹 doimiy daromad manbalarini yaratish;
🔹 yangi ish o‘rinlariga jalb etish;
🔹 kasb-hunar egallagan fuqarolarni munosib ishga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Aholi bandligini ta’minlash va yoshlarning mehnat bozoridagi faolligini oshirishga qaratilgan ishlar deputatlar e’tiborida bo‘lib qolmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram