Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
#24_ta_masala 📌 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan “Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati” yo‘nalishi bo‘yicha Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda tuman Kengashi deputati M.Raximov tomonidan Ishtixon tumanidagi 6-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasada aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyati, dori-darmon ta’minoti, navbatlar tizimi, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari o‘rganildi. Aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

📍 Aholining sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini takomillashtirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 2