Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Deputat tomonidan Lutfiy mahallasida hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandlikni ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Hidiyatulina Rima Rashitovna o‘z saylov okrugi hududidagi “Lutfiy” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Deputat tomonidan mahallada avvalgi o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. O‘rganish natijasida qator masalalar ijobiy hal etilgani, fuqarolar murojaatlari asosida tegishli choralar ko‘rilgani hamda hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotgani qayd etildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash va yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, ishsiz yoshlar orasidan 2 nafar fuqaro kasb-hunar o‘quv kurslariga yo‘naltirilgan bo‘lib, ulardan biri o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatga ega bo‘lgan. Ikkinchi fuqaroning o‘qishi esa hozirda davom etmoqda.

Shuningdek, mahalladagi “Asrlar Sadosi” ko‘chasida yangi faoliyat boshlagan “Buyuk Ipak Yo‘li Trading” MChJga 9 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan. Hozirgi kunda ushbu fuqarolar korxonada barqaror faoliyat yuritib, o‘z mehnati orqali daromad topib kelmoqdalar.

Mahalladagi kambag‘al oilalar reyestrida turuvchi fuqarolardan birining turmush o‘rtog‘iga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli shartlar asosida 10 million so‘m kredit mablag‘i ajratilgan.

Bundan tashqari, probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishga jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berilgan. Xususan, 12 nafarga yaqin probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etilgan.

Mahallada aholini kambag‘allikdan chiqarish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1