Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
#deputat_sorovi #137_ds_369_26 📌 Qurilish obyektlarida ochiqlik va jamoatchilik nazorati masalasi deputat nazoratida
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Mutallib Amirkulovich Raximov tomonidan Ishtixon tumani prokurori A.Eshmurodovga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida tumanda davlat dasturlari va investitsiya loyihalari doirasida qurilayotgan maktablar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari obyektlarida olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi va qurilish me’yorlariga rioya etilishi masalalari ko‘tarilgan.

Xususan, Azamat mahallasida joylashgan 54-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlarini deputatlar tomonidan o‘rganish jarayonida quruvchi tashkilot vakillari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga to‘sqinlik qilinganligi qayd etilgan.

📋 Deputat so‘rovida quyidagi masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan:
✅ qurilayotgan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari obyektlarida olib borilayotgan ishlarning sifati va qonunchilik talablariga muvofiqligini o‘rganish;
✅ qurilish ishlarining loyiha hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish;
✅ jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish choralarini ko‘rish;
✅ deputatlar faoliyatiga to‘sqinlik qilinishiga sabab bo‘lgan holatlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazish;
✅ aniqlangan holatlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish.

🏗 Ta’lim muassasalari qurilishida sifat, shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash, jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari deputat so‘rovining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan.

📍 Mazkur masala yuzasidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar va ko‘riladigan choralar deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram
Slide 1 of 1