Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
#sorov_ijrosi #128_ds_369_26 📌 Deputat so‘roviga asoslantirilgan javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Shaxlo Normamatovna Mardanova tomonidan Ishtixon tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limiga yuborilgan deputat so‘rovi yuzasidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Javob xatida tumanda yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

✅ 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan hududiy dastur va “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan;
✅ 24 500 nafardan ortiq bolalar, o‘smirlar hamda homilador va emizuvchi ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan;
✅ Xavf guruhidagi aholini yod preparatlari bilan ta’minlash darajasi 94,5 foizga yetkazilgan;
✅ Ta’lim va tibbiyot muassasalarida foydalanilayotgan osh tuzining yodlanganlik darajasi laboratoriya nazoratidan o‘tkazilgan;
✅ “Yodlangan tuz — salomatlik garovi” mavzusida 120 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan.

Shuningdek, hududiy dastur yaqin kunlarda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tasdig‘iga kiritilishi ma’lum qilingan.

📍 Deputat so‘rovlarida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi va natijadorligi yuzasidan jamoatchilik nazorati davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1