Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Yoshlar bilan ishlash tizimi deputat tomonidan o‘rganildi

Yoshlar bilan ishlash tizimi deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati 19-Faravon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima tomonidan Farovon mahallasi o'rganildi. Yoshlar yetakchisi Qulsohatova Manzura deputatga ma'lumot berdi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar tinglandi.

Shuningdek, yoshlar muammolarini aniqlash va ularni hal etish, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Yoshlar masalalariga doimiy e’tibor qaratish, ularning muammo va takliflarini o‘rganib borish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1