Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Zarbdor tuman Kengashida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi Anvar Aralov tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari bilan birgalikda navbatdagi ishchi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar atroflicha tahlil qilinib, tegishli vazifalar belgilandi:
Sessiya va ish rejasi: Kengash ish rejasiga muvofiq, kelgusi sessiyalarga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar hamda ularga doir tashkiliy-texnikaviy tadbirlar;
Loyihalar monitoringi: Deputatlarga biriktirilgan, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning borishi va joylardagi o‘rganishlar samaradorligi;
Murojaatlar bilan ishlash: Kengash raisi nomiga kelib tushgan murojaatlar ijrosini qat’iy nazoratga olish va aholi muammolarini hal etish;
Deputatlik faoliyati: Xalq vakillarining hududlardagi saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish hamda deputatlik so‘rovlari natijadorligini oshirish;
OAV va raqamlashtirish: Kengash faoliyatini va deputatlar ishini ijtimoiy tarmoqlarda hamda rasmiy internet sahifalarida tezkor, xolis va sifatli yoritib borish.

Yig‘ilish yakunida mas’ul xodimlarga belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3