Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov tomonidan “Oydin yo‘l” MFYda yashovchi fuqaro S.Bazarbayev holidan xabar oldi.
🔍 O‘rganish davomida fuqaro uchun davlat tomonidan ajratilgan elektron yuritmali nogironlik aravachasining bugungi kundagi texnik holati, undan foydalanish qulayligi hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.
📌 Fuqarolarning ehtiyojlarini o‘rganish va ularga yaratilgan imkoniyatlarning amaldagi holatini baholash bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.