Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputat nazorati: ajratilgan mablag‘, ammo boshlanmagan ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan “To‘xlimergan” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlarini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida deputat hududdagi ijtimoiy xodim bilan birgalikda Bog‘chachilik ko‘chasi 33-uyda yashovchi fuqaro Sh.Yusupova xonadonida bo‘lib, oilaning turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mazkur xonadon haqiqatdan ham ta’mirtalab holatda ekani, uy-joyni ta’mirlash ishlari kechiktirib bo‘lmaydigan darajada zarurligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu xonadonni ta’mirlash ishlari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan hamda tegishli tizimga kiritilgan. Biroq, mas’ul tashkilotlar va mutasaddilar tomonidan amaliy ishlar hali boshlanmaganligi aniqlandi.

Deputat tomonidan joyida aniqlangan ushbu paysalga solish va sansalorlik holati yuzasidan mas’ul idoralar faoliyatiga tanqidiy baho berilib, uy-joyni ta’mirlash ishlarini zudlik bilan boshlash va jarayonni jadallashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Ta’kidlanganidek, ehtiyojmand oilalarga ajratilgan mablag‘larning manzilli va samarali sarflanishi, ko‘rsatilayotgan yordamlarning amalda o‘z vaqtida yetib borishi deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Mahallabay ishlash tizimi asosida fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2